Huawei 1
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida “havo kompressori” ichiga yashirilgan sintetik giyohvandlik vositasi fosh etildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O'zbekistonga kirish uchun post orqali piyoda harakatlangan fuqaroning qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilganda sumkadagi “havo kompressori” ichiga yashirincha joylashtirilgan, og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan, 9 dona polietilen paketlarga o‘ralgan, kukunsimon, o‘tkir hidli moddalar borligi aniqlandi.

Markaziy bojxona laboratoriyasining ekspertiza natijalariga ko‘ra, jami og‘irligi 4,3 kg tashkil etuvchi mazkur moddalar “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102214 | Инструменты