Aleksey Navalniy qamoqda vafot etdi

Siyosatchi Aleksey Navalniy axloq tuzatish koloniyasida vafot etdi. Bu haqda Federal Jazoni ijro etish xizmatining mahalliy boshqarmasi ma'lum qildi.

"3-sonli axloq tuzatish koloniyasida mahkum Navalniy avval o'zini yomon his qilib, so'ngra hushini yo'qotdi. Barcha zarur reanimatsiya choralari ko‘rilgan, biroq ijobiy natija bo'lmadi. Tez tibbiy yordam shifokorlari mahkumning o‘limini tasdiqlashdi. O‘lim sabablari aniqlanmoqda", - deyiladi boshqarma bayonotida.

14-fevral kuni siyosatchining matbuot kotibi Kira Yarmish Navalniy qamoqxonada 27-marta jazo kamerasiga yuborilganini ma’lum qilgan edi.

Ma'lumot o'rnida, Aleksey Navalniy 47 yoshda edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты