Huawei 1
Anqarada 33 kishi qalbaki alkogol isteʼmolidan vafot etdi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

2025-yil yanvar oyidan boshlab mutasaddi tashkilotlar tomonidan Turkiyaning barcha viloyatlarida tekshiruvlar o‘tkazilib, katta miqdorda soxta spirtli ichimliklar va texnik spirtlar musodara qilindi. Shu munosabat bilan bir nechta shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi. 

7-fevral kuni Anqara shahrida soxta spirtli ichimlik iste’moli natijasida 33 nafar shaxs hayotdan ko‘z yumgani, 20 nafar fuqaro esa kasalxonaga yotqizilgani haqida rasmiy ma’lumot berildi.

Elchixona bilan birgalikda olib borilgan o‘rganishlar natijasida vafot etganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi aniqlandi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Turkiyada qalbaki alkogoldan vafot etgan o‘zbekistonliklar holatiga aloqador ikki nafar Turkmaniston fuqarolari qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20815 | Инструменты