“O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, 2025-yilda aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish borasida quyidagilar amalga oshiriladi:
“Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targ'ib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo'lga qo'yiladi.
2025/2026-o'quv yilidan:
- Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi kabi ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha yetakchi oliy ta'lim tashkiloti etib belgilanadi;
- respublikaning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich inklyuziv ta'lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta'lim maktabi faoliyati tashkil etiladi;
- “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida 3,5 ming kambag'al oilalar farzandlarini tayyorlab, oliy ta'lim tashkilotlariga belgilangan tartibda grant asosida qabul qilish ishlari tashkil etiladi;
2025-yil 1-martgacha to'g'ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishning inson salomatligiga foydasini targ'ib qilishni kuchaytirish dasturi ishlab chiqiladi;
2025-yil 1-avgustgacha oziq-ovqat xavfsizligi sohasida xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, boshqarish va monitoring qilish maqsadida idoralararo yaxlit Milliy axborot platformasi ishlab chiqiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20818 | Инструменты