Huawei 1
AP: Ukrainada ATACMS raketalari tugadi

Ukraina armiyasi AQSh tomonidan taqdim etilgan barcha uzoq masofali ATACMS raketalarini ishlatib bo‘ldi. Bu haqda Associated Press amerikalik rasmiy va Ukraina parlamentining mudofaa qo‘mitasi a’zosi so‘zlariga tayanib xabar berdi.

Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Kiyevga 40 tadan kam ATACMS raketasini bergan, va ular yanvar oxiridayoq tugagan. AP nashrining ta’kidlashicha, AQSh Mudofaa vazirligi rahbariyati, jumladan sobiq Pentagon rahbari Lloyd Ostin, Ukrainaga ushbu raketalar cheklangan miqdorda yetkazib berilishini avvaldan ma’lum qilgan. AQSh va NATO bu mojaroda boshqa turdagi qurollarni ko‘proq ahamiyatli deb hisoblaydi, deb yozadi agentlik.

14-yanvar kuni tunda Ukraina qurolli kuchlari Bryansk viloyatiga olti ATACMS va olti Storm Shadow raketasi bilan hujum uyushtirdi. Barcha raketalar havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan urib tushirildi, qurbonlar bo‘lmadi. Biroq, 40 dan ortiq uyga zarar yetdi.

16-yanvar kuni Ukraina armiyasi Belgorod viloyatidagi obyektlarga olti ATACMS raketasi bilan zarba berishga urindi. Barcha raketalar yana PVO tizimi tomonidan yo‘q qilindi. Hodisa oqibatida talafot va qurbonlar bo‘lmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31314 | Инструменты