Huawei 1
AQSh Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ko‘rib chiqmoqda — Blinken

Vashington Eron yadro quroliga ega boʻlishining oldini olishning barcha imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Al-Arabiya telekanaliga AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ma'lum qildi.

“Eron yadro quroliga ega boʻlishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlar mavjud”, - dedi u.

Shuningdek, Blinken Vashington “Eronning zararli faoliyatini bostirish” yo‘llarini izlashda davom etayotganini ta’kidladi.

Blinken Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan uchrashish uchun Qohiraga bordi. Ertaga, 31-yanvar kuni esa AQSh Davlat departamenti rahbari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Quddusga boradi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Eron strategik obyektlariga bir necha hujumlar uyushtirilgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61009 | Инструменты