Huawei 1
AQSh harbiy kemalari Panama kanalidan bepul o‘tadi

AQSh Mudofaa vaziri (Pentagon rahbari) Panama hukumati bilan muhim kelishuvga erishilganini e’lon qildi. Kelishuvga ko‘ra, endilikda AQSh harbiy kemalari Panama kanalidan bepul o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, ushbu kemalarga boshqa kemalar oldida ustuvorlik beriladi. Ya’ni, harbiy kemalar navbat kutmasdan kanal orqali harakatlana oladi. Bu esa AQSh mudofaa tizimi uchun strategik qulaylik yaratadi.

Panama kanali global savdo va harbiy tranzitda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘lak hisoblanadi. AQShning ushbu ustuvorlikni qo‘lga kiritishi mintaqadagi harbiy-siyosiy ta’sirini kuchaytirishi mumkin, deya ta’kidlamoqda tahlilchilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41821 | Инструменты