Huawei 1
AQSh harbiy samolyoti Gavayiga qo‘nayotganda halokatga uchradi

AQSh harbiy-dengiz kuchlariga qarashli Boeing P8 Poseidon razvedka samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, Gavayi sohillari yaqinida suvga qulab tushdi, deb xabar bermoqda Hawaii News Now mahalliy portali.

Qayd etilishicha, samolyot bortida to‘qqiz kishi bo‘lgan, ularning barchasi turli darajadagi tan jarohatlari olgan, biroq omon qolgan va o‘zlari qirg‘oqqa yetib kelgan, hozirda ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

“Samolyot qo'ndi va qisman suvga cho‘kib ketishdan oldin uchish-qo‘nish yo‘lagidan oshib ketdi. Hodisa sabablari aniqlanmoqda va tergov davom etmoqda”, — dedi AQSh dengiz piyodalari korpusining Gavayidagi bazasi vakili leytenant Xeyli Xarms.

Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot mahalliy Gavayi vaqti bilan 13:59 da qulagan va qirg‘oq yaqinidagi suvga tushib ketgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты