Huawei 1
AQSh Suriyadagi IShIDning 75 dan ortiq obyektiga zarba berdi

Bashar al-Asad rejimi qulagach, AQSh kuchlari 8-dekabr, yakshanba kuni Suriyaning markaziy qismidagi “Islomiy davlat” (ID)ning 75 dan ortiq obyektlariga zarbalar berdi. Hujumdan maqsad IShIDning mamlakatdagi mavjud beqaror vaziyatdan foydalanishga urinishlarining oldini olish edi, deya tushuntirdi AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM).

Operatsiyada B-52 strategik bombardimonchi samolyotlari, F-15 qiruvchi samolyotlari va A-10 hujumchi samolyotlari ishtirok etdi. 

“Suriyadagi barcha guruhlar, agar ular IShID bilan hamkorlik qilsalar yoki biron-bir tarzda qoʻllab-quvvatlasa, biz ularni javobgarlikka tortishimizni tushunishi kerak”, dedi CENTCOM qoʻmondoni Maykl Kurilla matbuot bayonotida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50908 | Инструменты