Huawei 1
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi

AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoy bilan muzokaralar asosida o‘zaro tarif stavkalarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmoniga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Xitoy eksporti uchun tariflarni 120 foizdan 54 foizga o‘zgartirdi.

Yuk jo‘natish uchun minimal to‘lov miqdori o‘zgarishsiz 100 AQSh dollari miqdorida qoladi. O‘zgarishlar 14 may kuni mahalliy vaqt bilan 0:01 (Toshkent vaqti bilan 09:01) da kuchga kirishi kutilmoqda.

Savdo vaziri, ichki xavfsizlik vaziri va AQSh savdo vakili, hujjatga ko‘ra, amaldagi qonunchilikka muvofiq buyruqni amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi shart.

12 may kuni AQSh va Xitoy Jyenevada bo‘lib o‘tgan savdo uchrashuvidan so‘ng o‘zaro bojlarni 90 kunlik muddatga kamaytirishga kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.

2 aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp 200 ga yaqin mamlakat tovarlariga, jumladan, Xitoy tovarlariga qo‘shimcha 34 foizlik boj kiritilishini e’lon qildi. Bunga javoban Xitoy 10 apreldan boshlab barcha Amerika importiga 34 foizlik tariflarni e’lon qildi. 8 aprel kuni Tramp Xitoyga bojlarni 104 foizga, Pekin esa AQSh tovarlariga bojlarni 84 foizga oshirdi. Keyin Amerika rahbari tariflarni 125 foizga oshirdi, 10 aprelda esa ular 145 foizga yetdi. O‘z navbatida, 11 aprel kuni Xitoy Amerika tovarlariga nisbatan to‘lovlarni 125 foizgacha oshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51600 | Инструменты