Huawei 1
AQSHda 51-chi shtat paydo bo’lishi mumkin

Deyarli 40 yillik urinishlardan so’ng AQSHning Vashington shahri mamlakatning 51-chi shtati maqomini olishga yaqin turibdi.

Juma kuni Vakillar Palatasi ushbu qarorni ma’qulladi. Tashabbusni 232 nafar Demokrat ma’qulladi, 180 kishi qarshi bo’ldi.

Respublikachilar tomonidan boshqariladigan Senat esa qonun loyihasini ko’rib chiqish niyati yo’qligini ma’lum qildi. Donald Tramp esa tashabbusni qoraladi. Uning fikriga ko’ra, bunday qadam Kongressda Demokratlar sonining ortishiga olib kelishi mumkin. Respublikachilar esa bunday sharoitda Senatdagi ustunlikdan ayrilib qoladi.

Respublikachilarning ma’lum qilishicha, shaharga shtat maqomini berish uchun Konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish talab etiladi. Fuqarolar esa, 700 ming aholisi bo’lgan shahar aholisi soliq to’lasa-da, federal hukumatda ovoz yo’qligini iddao qilmoqdalar.

Ohirgi marta AQSHda yangi shtatlar 1959 yilda paydo bo’lgan. O’shanda Kongress Alyaska va Gavayini rasman 49-chi va 50-chi shtat deya e’lon qilgn.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga