Huawei 1
AQSHda jarrohlar tug‘ilmagan chaqaloqning miyasida birinchi marta operatsiya o‘tkazishdi

AQSh olimlari tug'ilmagan chaqaloqning miyasida birinchi operatsiyani o'tkazishdi, bu esa uni eng keng tarqalgan intrauterin tomir nuqsonlaridan biri bo'lgan Galen venasi anevrizmasi rivojlanishidan himoya qilishga yordam berdi. Bu haqda payshanba kuni Amerika yurak assotsiatsiyasi (ANA) matbuot xizmati xabar berdi.

Gap Boston bolalar kasalxonasi va “Brigham va ayollar kasalxonasi” shifokorlarining muvaffaqiyati haqida ketmoqda. Jarrohlar tug‘ilmagan bolaning miyasidan muammoli tomirni embolizatsiya qilish orqali uni saqlab qolgan.

Ma'lum qilinishicha, homilada arteriovenoz malformatsiyaning noyob tug‘ma kasalligi kuzatilgan. Odatda tomirlarning malformatsiyasi juda kam uchraydigan kasallik. O‘rtacha 60 ming chaqaloqning birida aniqlanadi. AQSHda kuzatilgan holatda homiladorlikning 34-haftasi va 2-kunida chaqaloq miyasida katta qon tomiri aniqlangan. Oldin bunday muammoga duch kelgan shifokorlar, odatda, chaqaloq tug‘ilgandan keyin jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Ammo mazkur holatda shifokorlar operatsiyani bajarishga ulgurmasligidan qo‘rqqan. Shuning uchun ular tavakkal qilib, ultratovush yordamida tug‘ilishdan oldin chaqaloqni operatsiya qilgan.

Ta'kidlanishicha, hozirda chaqaloq allaqachon 6 haftalik bo'lgan. Bachadondagi membranalarning yorilishi tufayli tug‘uruq muddatidan oldin amalga oshirilgan. Ammo bu ona va chaqaloqqa zarar bermagan. Operatsiya yaxshi o'tgan.

"Biz tug'ilishdan oldin chaqaloqning miyasida Galen venasining normal ishlashini tiklash uchun ultratovush embolizatsiyasidan foydalandik. Klinik sinovning bu qismi to'liq muvaffaqiyatli o'tganini ko'rib, biz juda xursand bo'ldik - tug'ilgandan olti hafta o'tgach, chaqaloq normal rivojlanmoqda, ovqatlanmoqda", - dedi ANA matbuot xizmatidan iqtibos keltirgan holda Garvard universiteti (AQSh) dotsenti Darren Orbax.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50906 | Инструменты