Huawei 1
AQShning pochta xizmati Xitoydan kelgan jo'natmalarni qabul qilishni to'xtatdi

AQShning pochta xizmati vaqtincha Xitoy va Gonkongdan kelgan jo'natmalarni qabul qilishni to'xtatdi, deb xabar bermoqda South China Morning Post gazetasi. Unga ko'ra, cheklovlar xat va benderollarni ta'sir qilmagan.

Cheklovlarning sababi va ularning qancha davom etishi haqida pochta ma'lumot bermagan. Nashrning yozishicha, hozircha bu choralar AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Xitoy tovarlariga joriy etilgan bojxona tariflari bilan bog'liqmi yoki yo'qligini aniqlash mushkul.

Eslatib o'tamiz, 1-fevral kuni Tramp janoblari Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga bojxona tariflarini joriy etganini e'lon qilgan edi. Xitoy tovarlariga tarif 10% miqdorida belgilangan, Meksika uchun 25%, Kanada uchun esa energiya resurslari uchun 10% va boshqa mahsulotlar uchun 25% miqdorida tariflar qo'llanilmoqda. 4-fevralda Xitoy AQShdan kelgan neft va qishloq xo'jaligi texnikasi uchun 10% bojxona tariflarini joriy etdi, amerikaning ko'miri va tabiiy gazi esa 15% bojga tortiladigan bo'ldi. Xitoy Xalq Respublikasi bu qarorni adolatli va qonuniy deb atadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60604 | Инструменты