Donald Tramp inauguratsiyasidan so‘ng darhol tashkil etilgan AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) 420 million dollarlik shartnomalarni, jumladan ikkita ijara shartnomasini bekor qildi.
“Ishning dastlabki 80 soatida taxminan 420 million dollarlik joriy yoki kelgusi shartnomalar bekor qilindi. Asosiy e’tibor xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik bilan bog‘liq shartnomalar, shuningdek, bo‘sh binolarga qaratiladi”, — deyiladi departament X ijtimoiy tarmog'ida.
Avvalroq Donald Tramp milliarder Ilon Maskni departament rahbari etib tayinlagan edi. AQSh prezidentining so'zlariga ko'ra, departament vazifalariga byurokratiyaga qarshi kurash kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20513 | Инструменты