Huawei 2
Arab News: Iroq qarshilik kuchlari Tel-Avivdagi nishonlarga raketa hujumi uyushtirdi

Iroq qarshilik kuchlari payshanba kuni qanotli raketalardan foydalangan holda Isroilga bir necha hujum uyushtirdi, deya xabar bermoqda Arab News manbasi.

Manbaning Reuters agentligiga aytishicha, hujum bir nechta Arqub qanotli raketalari yordamida amalga oshirilgan va birinchi marta Isroilning Tel-Aviv shahriga qaratilgan.

Iroqdagi qarshilik harakati 7-oktabrda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan buyon olti oydan ko‘proq vaqt mobaynida Iroq va Suriyadagi AQSh kuchlariga, shuningdek, Isroildagi nishonlarga o‘nlab raketa va uchuvchisiz samolyotlar zarbalari berganini da‘vo qildi. Isroil bu ma'lumotga oshkora izoh bermagan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga