Argentina poytaxti Buenos-Ayresning shimoliy hududlarida davomli kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari 2000 dan ortiq fuqaroni o‘z uylarini tark etishga majbur qildi. Ushbu tabiiy ofat oqibatida yo‘llar, aholi punktlari va qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolgan.
Ma'lum qilinishicha, so‘nggi uch kun ichida ushbu hududlarga 300-400 mm atrofida yog‘ingarchilik yog‘gan bo‘lib, bu o‘rtacha oylik me’yordan qariyb o‘n baravar ko‘p hisoblanadi.
Mahalliy rasmiylar jiddiy zarar ko‘rgan hududlarda favqulodda xizmatlar ish olib borayotganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, fuqarolarni xavfsiz hududlarga vaqtincha joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51900 | Инструменты