Huawei 1
Ashraf G’ani “Yangi Afg’oniston” yaratilayotganini ma’lum qildi

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi doirasida “yangi Afg’oniston” yaratilayotgani e’lon qilindi. Mamlakatning tashkilotdagi vakili Adela Razning ta’kidlashicha Afg’oniston bugungi kunda to’laqonli demokratik davlat bo’lib, unda ayollarning va aholi zaif qatlamining huquqlari konstitutsiya bilan kafolatlangan. Ijtimoiy o’zgarishlarning markazida esa yoshlarning roli katta.

Shu bilan birga, bir necha o’n yilliklardan beri davom etayotgan urushga yakun yasash maqsadida Doha sharida Tolibon guruhi vakillari bilan muzokaralar o’tkazilmoqda.  

Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani sessiyadagi o’z nutqida hukumat tinchilk yaratish yo’lida qat’iyat ko’rsatayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, uning fikriga ko’ra, ushbu harakatlar yetarli emas. Tinchlik o’rnatish uchun terrorizmining ildiziga yo’l topish lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110618 | Инструменты