Huawei 1
Avstraliya hukumati 16 yoshga to‘lmaganlarning ijtimoiy tarmoqdan foydalanishini taqiqladi

Avstraliya hukumati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yoshini cheklovchi, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning ularga kirishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albaneze tegishli bayonot bilan chiqdi.

Hukumat rahbarining taʼkidlashicha, Avstraliya “ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun eng kichik yoshni 16 yosh qilib belgilovchi dunyoda yetakchi qonun”ni qabul qilgan. "U joriy onlayn xavfsizlik qonunchiligiga o'zgartirishlar kiritadi, bu yosh avstraliyaliklarni rivojlanishning muhim bosqichlarida ko'proq himoya qilishni ta'minlaydi", deyiladi bayonotda.

Albaneze shuningdek, mamlakat hukumati texnologiya kompaniyalari va ijtimoiy tarmoq ma'muriyatlaridan 16 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar akkaunt va sahifalar yarata olmasligini ta'minlash uchun oqilona choralar ko'rishni talab qilishini ta'kidladi. “

"Hukumat yangi qonunni buzganlik uchun qattiq jazo beradi, raqamli platformalar esa 49,5 million avstraliyalik dollar  miqdorida jarimaga tortiladi”, — deya aniqlik kiritib, ijtimoiy tarmoqlar yangi qonunlarga bo‘ysunishini ta’kidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112116 | Инструменты