Huawei 1
Avstriyada tinimsiz yog‘ingarchilik tufayli minglab qaldirg‘ochlar nobud bo‘ldi

Avstriyada tinimsiz yomg‘ir tufayli minglab qaldirg‘ochlar nobud bo‘ldi, deb yozadi Germaniyaning Bild gazetasi.

Havo namligi yuqori bo‘lgani sababli uchib ketayotgan qushlar oziqlanadigan hasharotlar deyarli yo‘q. Mazkur muammoga past harorat ham qo‘shilib, qushlarning holatiga ta’sir ko‘rsatgan. Yuzlab qaldirg‘ochlar deraza tokchalarida isinishga harakat qilmoqda, yo‘laklarda nobud bo‘lgan qushlar yotgani ta’kidlangan.

“Biz juda zaiflashgan qaldirg‘ochlar galasini ko‘rmoqdamiz, ular yordamsiz yashay olmaydi va hatto nobud bo‘lmoqda”, deydi Tierschutz Austria hayvonot muhofazasi tashkiloti.

Hayvonlar huquqlari harakati faollari aholini jabrlangan qushlarni qutilarga yig‘ib, qutqaruv markazlariga olib kelishga chaqirgan. Shuningdek, qushlarni boqish uchun xayriya qilish so‘ralmoqda.

“Biz doimo aloqadamiz, ammo murojaatlar soni imkoniyatlarimizdan oshib ketadi. Shuning uchun zudlik bilan Vena va uning atrofidagi qushlarni bizga olib kelish uchun avtomobil va haydovchilik guvohnomasiga ega odamlarni qidirmoqdamiz”, deydi faollar.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91903 | Инструменты