Huawei 1
Avstriyadagi oqava suvlarni tozalash inshootida gigant virus aniqlandi

Vena universiteti qoshidagi Mikrobiologiya va atrof-muhit tizimlarini o‘rganish markazi olimlari odamlar uchun halokatli bo‘lgan amyobani yuqtiruvchi viruslarni aniqladilar. Ular oqava suvlarni tozalash inshootida olingan namunalarda topilgan. 

Naegleria fowleri bir hujayrali organizm hisoblanib, u 30 darajadan yuqori bo'lgan issiq suvlarda yaxshi rivojlanadi. Ushbu virus odamlarda kam uchraydigan va deyarli 100% halokatli miya infeksiyasi bo'lgan birlamchi amyobali meningoensefalitni keltirib chiqaradi.

Olimlar guruhi Naegleria'ning har xil turlarini yuqtiruvchi viruslarni ajratib olishga muvaffaq bo'ldi. Bular Nucleocytoviricota nomini olgan ulkan viruslar hisoblanadi. Ular kattaligi bo'yicha bakteriyalar bilan taqqoslanadi va noyob tuzilishga, shuningdek, ko'p hujayrali hayot shakllariga xos bo'lgan genetik xususiyatlarga ega.

Yangi topilgan negleriaviruslar Vena yaqinidagi Klosterneuburg oqava suvlarni tozalash inshootidan ajratilgan. Viruslar amyobalarga kirib, bir necha soat ichida ularni yo'q qiladi. Bu vaqt mobaynida amyoba ichida yuzlab yangi virus zarralarini ishlab chiqarishga qodir "virusli zavod" hosil bo'ladi. Muvaffaqiyatli replikatsiyadan so'ng hujayraning yo'q qilinishi sodir bo'ladi va infektsiyalangan mikroorganizm o'ladi.

Olimlarning ta'kidlashicha, gigant viruslar miya infektsiyasini davolashda samarali bo'lmasligi mumkin. Ammo ular Naegleria fowleri yashaydigan suv havzalarini profilaktik davolash uchun ishlatilishi mumkin, deb xabar beradi Nature Communications.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga