Huawei 1
Axios: Isroil Erondagi yadroviy qurol laboratoriyasini yo'q qildi

Oktabr oyi oxirida Isroilning Eronga bergan zarbasi Parchindagi yadroviy qurol yaratish bilan bog‘liq tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi o‘ta maxfiy markazni yo‘q qildi. Bu haqda 15-noyabr, juma kuni AQShning uchta rasmiysi, shuningdek, bir amaldagi va bir sobiq Isroil rasmiysiga tayanib, Axios nashri xabar berdi.

Tehrondan 30 km uzoqlikda joylashgan maxfiy markaz butunlay vayron qilingan

Gap Tehrondan 30 km janubi-sharqda joylashgan Parchin harbiy majmuasi hududidagi, yaqin vaqtgacha faol bo‘lmagan deb hisoblangan “Talekan-2” tadqiqot markazi haqida bormoqda, deb yozadi nashr. Eron 2003-yilda uni muzlatib qo'ygunga qadar markaz Eronning yadroviy qurol dasturining bir qismi bo'lgan. U yadroviy qurilmani quvvatlaydigan portlovchi moddalarni sinash uchun ishlatilgan.

Joriy yil boshida AQSh va Isroil razvedka agentliklari ushbu obyektdagi faollikni qayd etgan. Axios muxbirlari bilan suhbatda bo'lgan amerikalik rasmiy Talekan-2da ilmiy izlanishlar qayta boshlanganini, bu yadro qurolini ishlab chiqarishga poydevor qo'yishi mumkinligini, biroq ayni paytda fuqarolik maqsadlarida tadqiqot sifatida taqdim etilishi mumkinligini ta'kidladi. 

“Bu juda sir edi, faqat Eron hukumatining kichik bir qismi bu haqda bilardi, lekin ularning aksariyati hech narsa bilmas edi”, dedi manba.

Isroil zarbasidan so‘ng olingan yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh suratlari markaz binosi butunlay vayron bo‘lganini ko‘rsatadi, deb yozadi Axios. Sobiq isroillik mulozimning ta'kidlashicha, zarba natijasida murakkab tadqiqot uskunalari yo'q qilingan. Nashr manbalariga ko'ra, bu harakat Eronning yadroviy qurol bo'yicha tadqiqotlarni qayta tiklash harakatlariga "sezilarli darajada" putur yetkazdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111613 | Инструменты