Huawei 1
Barak Obama prezidentlik saylovida Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Er-xotin Obamalar Xarrisga qo‘ng‘iroq qilib, uni saylovda qo‘llashlarini ma’lum qilgan. Vitse-prezidentning saylov kampaniyasi suhbat videosini e’lon qildi. 

"Men va Mishel seni qo‘llashdan faxrlanamiz. Sen saylovdan o‘tib Oval kabinetga borishing uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz", degan Obama.

"Bu men uchun ko‘p narsani anglatadi. Keling, ishga kirishamiz", deb javob qaytargan Xarris. Suhbat juda samimiy ruhda o‘tgan.

E’tiborlisi, demokratik partiyaning eng obro‘li va ta’sir doirasi katta vakili Baraka Obama Kamala Xarris nomzodini Bayden uni ilgari surganidan 5 kun o‘tgach qo‘llashini ma’lum qildi. Bu vaqtda Mishel Obama demokratlar vakili sifatida saylovda qatnashishi mumkinligi haqida mish-mishlar yana avj oldi.

AQSh nashrlariga ko‘ra, Obama oxirgi bir oy davomida uning prezidentlik vaqtida vitse-prezident bo‘lib ishlagan Oq uyning amaldagi rahbari Jo Baydenni ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yish fikridan qaytarib kelgan. Bayden o‘ziga qarshi partiya ichidagi bu "isyon" tepasida Obamadan tashqari, Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi ham bo‘lgan deb hisoblashi haqida xabarlar ham tarqalgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты