Huawei 1
Bayden Qo'shma Shtatlardagi banklar bilan bog'liq vaziyat hal qilinganini aytdi

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatdagi bank inqirozi tugaganini e'lon qildi.

U jurnalistlar bilan suhbat paytida AQSh banklari bilan bog‘liq vaziyat tinchlandimi, degan savolga ijobiy javob berdi.

Eslatib o’tamiz, Kaliforniya moliyaviy himoya departamenti 10-mart kuni AQShning eng yirik banklaridan biri bo’lgan Silicon Valley Bank bankrot bo’lganini e’lon qilgan edi. Bu mamlakatda 15 yil ichidagi eng yirik bank inqirozi bo’ldi. Shundan so’ng, 12-mart kuni Nyu-Yorkdagi Signature Bank bankrotlikka uchradi.

Ikkita bank bankrotlik e'lon qilinganidan keyin, Goldman Sachs banki iqtisodchilari kelgusi yilda AQShda retsessiya yuz berishi mumkinligini bashorat qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72314 | Инструменты