Amerikaning Goldman Sachs banki iqtisodchilarining fikricha, bank sektoridagi vaziyatning “iqtisodiy oqibatlari” tufayli kelgusi yilda AQShda 35 foizlik ehtimol bilan retsessiya yuz beradi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Avvalroq Goldman Sachs ekspertlari 25 foizlik ehtimol haqida gapirishgan edi, biroq Silicon Valley Bank (SVB) qulashi iqtisodchilarni ushbu ko‘rsatkichni oshirishga majbur qildi, deb tushuntirdi nashr. Ammo bu raqam hali ham nashr kutganidan pastligini ta’kidladi – Bloomberg tahlilchilari Amerika Qo'shma Shtatlarida retsessiya yuz berishini 60% ehtimollik bilan bashorat qilishmoqda.
Eslatib o’tamiz, 10-mart kuni Kaliforniya moliyaviy himoya departamenti Silicon Valley Bankni bankrot deb e’lon qildi. Silikon vodiysidagi texnologik kompaniyalarning yetakchi kreditorlaridan biri ikki kundan kamroq vaqt ichida bankrot bo‘ldi. CNN ta'kidlaganidek, bu 2008-yildagi moliyaviy inqirozdan keyin Qo'shma Shtatlardagi eng yirik bank inqirozi bo'ldi. SVB depozitlarni sug'urtalash bo'yicha Federal komissiyaning nazorat ostiga olingan. Shundan so’ng, 12-mart kuni Nyu-Yorkdagi Signature Bank bankrotlikka uchradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51315 | Инструменты