Huawei 1
Bayrutdagi vayronalar ostidan "Hizbulloh" qo‘mondoning jasadi topildi

Livan poytaxti Bayrut shahrining janubiy qismiga Isroil uyushtirgan havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan “Hizbulloh” qo‘mondoni Fuad Shukrning jasadi vayronalar ostidan topildi.

“Hizbulloh” Isroil hujum qilgan binoda Shukr bo‘lganini tasdiqlagan, ammo uning taqdiri haqida hozircha xabar bera olmasligini aytgan.

“ ‘Hizbulloh’ qo‘mondoni Fuad Shukrning jasadi Bayrutning janubiy chekkasida joylashgan bino vayronalari ostidan topildi”, deydi manba.

30-iyul kuni Bayrut janubida Isroilning aviazarbalari sabab kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan va 74 kishi yaralangandi. Isroil armiyasi Livan poytaxtiga hujumdan maqsad “Hizbulloh”ning yuqori martabali qo‘mondonini yo‘q qilish bo‘lganini aytgan va uni 12 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan hujumda ayblagan.

Arab matbuoti xabarlariga ko‘ra, Shukr “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrullohning bosh harbiy maslahatchisi bo‘lib ishlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, AQSH 2015-yildan beri Shukrga qarshi sanksiyalar joriy etgan, Amerika rasmiylari u haqidagi ma’lumot uchun 5 million dollargacha mukofot taklif qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты