Belgiyaning Sharqiy Flandriya viloyatida joylashgan Audenarde shahri markaziy maydonida balandligi 20 metr bo'lgan archa ag'anab tushdi, deya xabar beradi mir24.tv.
Daraxt uch kishining ustiga tushib ketgan, jabrlanganlardan biri ayol kishi bo'lib, u kasalxonada vafot etdi.
Shahar meri Marnik de Melemesterning so'zlariga ko'ra, daraxt kuchli shamolga bardosh bera olmay, maydonda yurgan odamlar ustiga ag'anab tushgan. Ikki kishi hozirda shifoxonada, ularning ahvoli haqida ma'lumot berilmagan.
Fojia yuz bergan joydagi yangi yil yarmarkasi shahar ma'muriyatining buyrug'i bilan yopildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты