Bitcoinning narxi bugun, 11-apreldagi savdolar davomida 30 ming dollardan oshdi. Ushbu kriptovalyutaning bir kunlik o’sishi 6% foizni tashkil qildi.
Oxirgi marta buday narxga bitcoin 2022-yil iyun oyida erishgan edi.
Toshkent vaqti bilan 14:00 holatiga ko'ra, uning narxi 30 075 dollargacha ko’tarilgan.
Ushbu kriptovalyutaning eng yuqori qiymati 2021-yilning 9-noyabrida qayd etilgan (67 554 dollar). Shundan so’ng keskin pasayish boshlandi. 2022-yil 18-iyun kuni bitcoin 17 630 dollargacha tushib ketdi.
Avvalroq 2022-yilda xakerlar tomonidan rekord darajada kriptovalyuta oʻgʻirlangani ma'lum bo'lgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62709 | Инструменты