BMT: Dunyo bo‘yicha har o‘ninchi bola majburiy mehnatga jalb etilgan

Dunyo bo‘yicha har o‘ninchi bola, ya’ni 160 million nafar bola majburiy mehnatga jalb etilgan. Ulardan deyarli yarmi qurolli mojarolardan zarar ko‘rgan mamlakatlarda yashaydi

BMT Bosh assambleyasi raisi Filemon Yang bu holatning ildiz sabablari haqida gapirdi.

“Biz bolalar mehnatini keltirib chiqaradigan asosiy omillarni bartaraf etishimiz kerak. Bu – qashshoqlik, majburiy ko‘chish, gender va boshqa shakllardagi tengsizlik, bolalarni maktabdan chiqarib olib ishlashga majbur qilish, imkoniyat yetishmasligi, shuningdek, ularni qurolli mojarolarda yollash va foydalanishga olib keluvchi beqarorlik”, dedi u.

Filemon Yang davlatlarni bolalarni himoya qiluvchi qonunlarni qabul qilishga, adolatli mehnat haqi tizimini joriy etishga va chekka, kam ta’minlangan hududlarga investitsiya kiritishga chaqirgan. U, shuningdek, bolalarning ekspluatatsiyasini kuchaytiruvchi yangi xavf omillari, xususan, ob-havo hodisalari tahdidiga alohida e’tibor qaratgan.

Ma’lumot uchun, har yili 12 iyun kuni Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22202 | Инструменты