Boliviyada 36 soat davomida timsohlar orasida qolgan aviahalokat jabrlanuvchilari qutqarildi

1-may kuni Boliviyaning shimolida joylashgan Buares shahridan Trinidadga yo‘l olgan kichik samolyot Amazonka botqoqlariga majburiy qo‘ndi. Bu holat dvigateldagi nosozlik sabab yuz bergan.

Bortda uchuvchi, uch nafar ayol va besh yoshli bola bo‘lgan. Halokatdan so‘ng barcha tirik qolib, yordam kelgunicha taxminan 36 soat davomida botqoq ichidagi samolyot tomida qolishga majbur bo‘lgan. Ular shokolad va manos uni bilan oziqlanib turgan.

Hodisadan bir kundan ko‘proq vaqt o‘tgandan so‘ng, atrofdagi mahalliy baliqchilar tirik qolganlarni payqab qolishgan va bu haqda zudlik bilan qutqaruv xizmatiga xabar berishgan. Qutqaruvchilar vertolyot orqali jabrlanuvchilarni botqoqdan evakuatsiya qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotdan sizib chiqqan yoqilg‘i hidi atrofdagi timsohlarni odamlarga yaqinlashishdan to‘sgan va ularning hayotini asrashga yordam bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22207 | Инструменты