Huawei 1
Boliviyada harbiy davlat to‘ntarishi yuz berdi

Boliviyaning amaldagi prezidenti Luis Arse harbiylarning hukumat qarorgohiga kelishini qoralab, ularni demokratiyani hurmat qilishga chaqirdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Bu maʼlumotlarga koʻra, fuqarolar Murillo maydoniga borishga harakat qilmoqda, biroq harbiylar ularga toʻsqinlik qilmoqda – ular kimyoviy vositalardan foydalanmoqda.

Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales general Xuan Xose Zunigani harbiy to‘ntarish uyushtirishga urinishda aybladi.

Morales, "biz qurolli kuchlarning demokratiyani buzishiga va xalqni qo'rqitishiga yo'l qo'ymaymiz", dedi.

Boliviya hukumati davlat to‘ntarishiga urinish haqidagi xabarlar fonida xalqaro hamjamiyatni mamlakatning qonuniy organlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63003 | Инструменты