Boliviyaning sobiq prezidenti o’zini o’ldirmoqchi bo’ldi
Boliviyaning sobiq prezidentining o’g’li dushanba kuni onasi o’zini o’ldirmoqchi bo’lganini ma’lum qildi. Xabarlarga ko’ra, Janin Anyez hozirda ayollar qamoqxonasida saqlanmoqda. Unga nisbatan genotsid ayblovlari qo’yilgan.
Mahalliy prokurorning aytishicha, Anyez 2019 yilda ijtimoiy inqiroz sabab ko’chaga chiqqan namoyishchilarga nisbatan keskin harakatlarni amalga oshirgan. Buning oqibatida esa ba’zi fuqarolar vafot etgan.
Sobiq prezidentning o’g’li onasi adolatsizlikka chiday olmayotganini, hukumat ularga nisbatan bosim o’tkazayotganini aytdi.
Qamoqxona vakillarining ta’kidlashicha, 54 yoshli ayol yuqori qon bosimi va depressiyadan aziyat chekmoqda ekan.
Anyez Evo Morales lavozimini tark etganidan so’ng Braziliyani 11 oy davomida boshqargan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110500 | Инструменты