Huawei 1
Britaniya Tashqi ishlar vazirligi o'z vatandoshlarini Livanni tark etishga chaqirdi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Livanda minglab peyjerlar portlashi ortidan Britaniya fuqarolarini tijorat parvozlari mavjud bo'lgan paytda mamlakatni tark etishga chaqirdi. U Livan Bosh vaziri Najib Mikati bilan suhbatda bo‘lib, unga tinch aholi o‘rtasidagi keskinlik va qurbonlar ortib borayotganidan xavotir bildirdi.

“Mening Livandagi Britaniya fuqarolariga murojaatim shuki, tijoriy variantlar mavjud bo'lgan paytda ketish kerak. Mamlakatda tanglik yuqori va vaziyat tezda yomonlashishi mumkin”, — deb yozdi Lemmi X ijtimoiy tarmog‘ida.

17 sentabr kuni Livanda "Hizbulloh" aʼzolari foydalanadigan peyjerlarda koʻplab portlashlar sodir boʻldi. 18 sentabr kuni Livanda boshqa elektron qurilmalar - noutbuklar, rasiyalar va ko‘chma aloqa uskunalari portlashni boshladi. Oqibatda 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, minglab odamlar yaralandi. "Hizbulloh" yetakchisi Hasan Nasrulloh Isroilni aybladi va uning harakatlarini urush e’lon qilish bilan barobar deb atadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92014 | Инструменты