Britaniya va Kanada Isroilga parvozlarni to‘xtatdi

"British Airways" kompaniyasi Isroilning Ben Gurion xalqaro aeroportiga parvozlarni iyul oyining oxirigacha bekor qilishga qaror qildi. Ushbu qaror Yamanning davom etayotgan havo blokadasi bilan bog‘liq xavf tufayli qabul qilindi.

Xuddi shunday, Kanada aviakompaniyasi - "Air Canada" ham Isroilga reyslarni noma’lum muddatga qoldirdi. Kompaniya parvozlarni qayta tiklashni 2025-yil sentabr oyigacha kechiktirganini bildirdi.

Mazkur choralar so‘nggi haftalarda mintaqada keskinlashgan harbiy va siyosiy vaziyat hamda parvozlar xavfsizligiga tahdidlar ortidan ko‘rilmoqda. Ayni paytda boshqa xalqaro aviakompaniyalar ham Isroilga reyslar jadvalini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты