Britaniyalik alpinist Everestga chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Britaniyalik alpinist Kenton Kul Everest cho‘qqisiga 19-marta ko‘tarilib, dunyodagi eng baland cho‘qqiga ko‘p marta ko‘tarilish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

51 yoshli sportchi Kenton Kul 18-may kuni nepallik sherpa Dorji Gyaljen hamrohligida mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da 8 849 metr balandlikka ko‘tarildi. U birinchi marta 2004-yilda Everestga ko‘tarilgan va o‘shandan beri deyarli har yili uni zabt etib kelmoqda. Gyaljen esa bu safar yigirma uchinchi bor cho‘qqiga chiqishini qayd etdi. 

2022-yilda Everestga o‘n oltinchi marta ko‘tarilganidan so‘ng, Kul ko‘plab nepallik alpinistlar undan o‘zib ketganini ta’kidlab, o‘z rekordini yangilashga harakat qila boshladi. 14-may kuni Kul o‘zining Instagram obunachilariga bu haqda ma’lum qildi. Hamkasb alpinistlar uni qo‘llab-quvvatladi.

“Kulning 20 yillik tajribasi, xarizmasi va kuchi uni Everest jamoasining qimmatli qismiga aylantiradi,” dedi hozirda Everestga chiqayotgan alpinistlardan biri Ballinger.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32010 | Инструменты