Bu yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi
Shvetsiya Qirollik akademiyasi Nobel qo‘mitasi Syukuro Manabe, Klaus Xasselman va Jorjo Parizini fizikada murakkab tizimlarni o‘rganishdagi novatorlik ishi uchun taqdirladi.
Ma'lum qilinishicha, Klaus Xasselman va Syukuro Manabe "Yer iqlimini fizik modellashtirish, o‘zgarishlarning miqdoriy tahlili va global isishning ishonchli prognozi"ni ishlab chiqqan. Jorjio Parizi esa "Xaos va tebranishlar fizik tizimlarda — atomdan sayyoragacha bo‘lgan miqyosda qanday o‘zaro ta’sir qilishi"ni aniqlagan.
Syukuro Manabe maxshur klimatolog. Kompyuter paydo bo‘lgandan beri iqlim o‘zgarishlarini moddelashtirish bilan shug‘ullanadi. Uni bu yo‘nalishning otasi desa ham bo‘ladi. Klaus Xasselman ham shu sohada nom chiqargan klimatolog.
Djordjo Parizi esa, fizik nazariyotchi. Kvant maydon nazariyasi, kvant mexanikasi va murakkab tizimlar ustida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122001 | Инструменты