Huawei 1
Buyuk Britaniya migratsiyaga qarshi kurashda britaniyaliklarni o‘qitish uchun 4,1 milliard dollar sarflaydi

Buyuk Britaniya hukumati, Kir Starmer boshchiligida, 120 ming mahalliy mutaxassis — quruvchilar, muhandislar va ijtimoiy ishchilarni o‘qitish dasturini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Bu ishchi kuchi yetishmovchiligini boshdan kechirayotgan iqtisodiyotga ziyon yetkazmasdan migratsiyani kamaytirish strategiyasining bir qismidir. Parlament muddati oxirigacha 30 mingta yangi amaliyot o‘rinlarini moliyalashtirish uchun 3 milliard funt sterling (4,1 milliard AQSh dollari) ajratiladi. Bundan tashqari, qurilish va ijtimoiy ta’minot kabi muhim sohalarda yana 45 mingta o‘quv o‘rni immigratsion yig‘imni ish beruvchilar uchun 32 foizga oshirish hisobiga ta’minlanadi.

“Biz ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha o‘z mas’uliyatimizga jiddiy yondashmoqdamiz”, — dedi ta’lim vaziri Bridget Fillipson.

Starmer murakkab vaziyatga tushib qoldi: iqtisodiy o‘sishga oid va’dalarni bajarish uchun ishchi kuchi hajmini kengaytirish zarur, biroq Nigel Farajning Reform UK partiyasi bosimi ostida migratsiya siyosatini qat’iylashtirishga majbur bo‘lmoqda. Avvalroq leyboristlar chet ellik ishchilar uchun ingliz tilini bilish talablarini kuchaytirgan va ularning mamlakatda qolish muddatini uzaytirish imkoniyatlarini cheklagandi.

Kattalarni qayta tayyorlash dasturlari va kasbiy ta’limga investitsiyalarni oshirish xorijiy ishchi kuchiga bog‘liqlikni kamaytirishga qaratilgan. Biroq mutaxassislar shuni ta’kidlashmoqdaki, an’anaviy ravishda migrantlarga tayanuvchi sohalar yangi muammolarga duch kelishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52909 | Инструменты