Chaqmoqdan himoyalanishning kutilmagan usuli topildi

Germaniyaning Ilmenau texnika universiteti olimlari nam teri chaqmoq urganida jiddiy zararlanish xavfini kamaytiradi degan xulosaga kelishdi.

Tajriba davomida mutaxassislar inson boshining 3D modellari yordamida yashin urishini simulyatsiya qilishdi. Qoplamani teriga o‘xshatish uchun u uchta qatlamda qilingan.

Namlikni qo‘shgandan so‘ng qurilma kamroq shikastlanish belgilarini ko‘rsatdi. 

Olimlarning fikriga ko‘ra, nam teri himoya plyonka vazifasini bajaradi va elektr zaryadining tanaga juda ko‘p zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты