ChatGPT kelajakda eng istiqbolli kasblar ro'yxatini ma'lum qildi

ChatGPT kelajakda eng istiqbolli 10 ta kasb ro‘yxatini taqdim etdi. Birinchi o'rinni sun'iy intellekt (SI) bo'yicha dasturiy ta'minot muhandisi egalladi, uning vazifalariga algoritmlar, mashinalarni o'rganish tizimlari va neyron tarmoqlarini ishlab chiqish, shuningdek, modellarni o'qitish va optimallashtirish kiradi.

ChatGPT - bu tabiiy til so'rovlarini tushunadigan OpenAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan suhbatdosh sun'iy intellekt chatbotidir.

Ikkinchi oʻrinda robotlarni loyihalash, ularni ishlab chiqarishga integratsiyalash, diagnostika va taʼmirlashga yoʻnaltirilgan robototexnika kasbi boʻldi. Undan keyin kompyuter tizimlari va tarmoqlarini himoya qilish, xavfsizlikni kuchaytirish choralarini ko'rish va xavf tahlilini o'tkazish kerak bo'lgan kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassis egalladi.

Neyron tarmoq ushbu reytingga quyidagi kasblarni ham kiritdi: virtual va kengaytirilgan reallik ishlab chiquvchisi, genetika terapiyasi va genlarni tahrirlash bo‘yicha mutaxassis, energiya barqarorligi bo‘yicha muhandis, biotexnolog, IoT (internet of things) dasturiy ta’minoti muhandisi, ma’lumotlar tahlilchisi va blokcheyn muhandisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты