Huawei 1
Donald Trampning saylovoldi mitingida o‘q ovozlari eshitildi. Tramp evakuatsiya qilindi

Ikkinchi muddatga qayta saylanish uchun kurashayotgan AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtati, Batler shahridagi saylovoldi mitingidan evakuatsiya qilindi. 

Miting paytida bir necha bor o‘q ovozlari eshitildi. Tramp qulog‘i atrofida qon bilan sahnani tark etdi.

Donald Tramp Pensilvaniya shtati, Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, maxsus xizmat xodimlari hujumchini otib o‘ldirgan. Yig‘inda qatnashayotgan bir kishi halok bo‘lgan. Tramp tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va uning kampanyasi “hammasi joyida” deya bayonot berdi.  

Voqea videosida Tramp so‘zlayotgan paytda o‘ng qulog‘ini ushlab minbar orqasiga engashgani, qulog‘i va yuzi qonaganini ko‘rish mumkin. Maxsus xizmat agentlari uni sahnadan olib ketayotganda Tramp bir necha bor mushtini ko‘tardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91907 | Инструменты