Huawei 1
AQSh Federal tergov byurosi Donald Trampning uyida maxfiy tintuv o‘tkazdi

AQSh Federal tergov byurosi dushanba kuni Donald Trampning Mar-a-Lagodagi uyida maxfiy tintuv o‘tkazdi. BBCning xabar berishicha, bu holat haqida hatto prezident Jo Baydenning xabari bo'lmagan.

"Oq uyda Donald Trampning Mar-a-Lago qarorgohida tintuv o‘tkazilgani haqida hech kimga xabar berilmagan. Prezident Bayden ma'muriyati xodimlari tintuv haqida ommaviy xabarlardan bilib olishgan", - dedi Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer bayonotida.

Shuningdek, Oq uy ushbu reyd haqida izoh berishdan bosh tortdi va jurnalistlarga savollarni Adliya vazirligiga yo'llashni maslahat berdi. Shu bilan birga, matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, Jo Bayden “qonun ustuvorligi”ga shubha qilmaydi.

Qayd etilishicha, aprel oyida AQSh Adliya vazirligi Tramp rasmiy prezidentlik hujjatlarini 2021-yil yanvaridan beri doimiy istiqomat qilayotgan Mar-a-Lago qarorgohiga olib chiqib ketgani boʻyicha tekshiruv boshlagani haqida xabarlar tarqalgan.

AQSh Milliy arxivlar va yozuvlar boshqarmasi fevral oyida kongressmenlarni ushbu qarorgohdan Oq uyga tegishli, ba’zilari maxfiy bo’lgan hujjatlar bilan 15 tacha qutilar topilgani haqida ogohlantirgan. Tergov shundan keyin boshlangan edi.

Tramp dushanba kuni sodir boʻlgan voqeani oʻrta asrlarga hos, tintuvlarning oʻzini esa reyd deb atadi va hech bir sobiq AQSh prezidenti bilan bunday voqea sodir boʻlmaganini aytdi.

Hozirda Tramp tarafdorlari uni qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar o‘tkazmoqda, sobiq hamkorlari esa FTBdan zudlik bilan tushuntirish talab qilmoqda.

Federal tergov byurosi hali tintuvlarning rasmiy sababini aytmadi. Biroq Florida shtatidagi Palm-bich shahri prokurorining so‘zlariga ko‘ra, qidiruvning siyosiy sabablari haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50908 | Инструменты