Huawei 1
Ekspert Rossiya va Markaziy Osiyoda maymunchechakning tarqalish xavfini baholadi

Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi, Sechenov universiteti qoshidagi Tibbiy parazitologiya instituti direktori Aleksandr Lukashev Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarida maymunchechak tarqalishining real tahdidini baholadi.

“Birinchi navbatda, gap gigiyena darajasi va odamlar o‘rtasidagi aloqa intensivligi haqida ketmoqda. Misol uchun, 2020-yilgacha hech kim bunday epidemiya bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilmagandi, bu yerda virus o‘ziga xos bo‘lmagan muhitda yuqadi, kasallik hatto jinsiy yo‘l bilan emas, balki aloqa orqali, juda ko‘p marta yaqin aloqada bo‘lgan odamlar orasida yuqadi”, deydi virusolog.

Lukashev virus Rossiyada, hatto Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham katta ehtimol bilan tarqalishi mumkinligini ma’lum qilgan. 

“Katta ehtimol bilan vaziyat Afrikadagiga qaraganda yaxshiroq bo‘ladi — u yerda bu kasallikning tabiiy manbayi bo‘lgan kemiruvchilar bor. Ya’ni, virusni bizga faqat Afrikadan olib kelish mumkin, ammo virusning yuqish zanjirlari mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi”, dedi mutaxassis.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti avvalroq Kongo Demokratik Respublikasi va qo‘shni mamlakatlarda Mpox epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb e’lon qilgan edi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Mpox epidemiyasi uchun o‘lim darajasi 1 foizdan 10 foizgacha. Shuningdek, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘lishi qayd etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91303 | Инструменты