“Forbes” nashri 2023-yil bo‘yicha eng ko‘p maosh oluvchi o‘n nafar Gollivud aktyori reytingini e’lon qildi.
1. Adam Sendler, 73 million dollar“Parijdagi qotillik” chiqarilgan dastlabki uch oyda Netflix ushbu film butun dunyo bo‘ylab jami 173 million soat tomosha qilingani va 90 mamlakatda eng yaxshi o‘ntalikka kirganini aytdi. Loyiha Sendlerning juda ko‘p loyihalardagi ishtirokidan atigi biri bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida uchta strimer loyihasida ishtirok etgan va o‘tgan yilda 40 dan ortiq stend-up'lari bilan chiqish qilgan.
2. Margo Robbi, 59 million dollar
“Barbie” filmi yaratilgandan beri, butun dunyo bo‘ylab 1,45 milliard dollar yig‘di. Film prodyuseri va yulduzi sifatida Robbi barcha daromadning taxminan 12,5 foizini qo‘lga kiritgan.
3. Tom Kruz, 45 million dollar
Jangari filmlar yulduzi, 61 yoshli Tom Kruz jahondagi eng qimmat aktyorlardan biri sifatida shu yoshida ham yuqori daromad oluvchi mashhurlardan biridir. Uning 2023 yilda suratga tushgan kartinasi – “Missiya: mumkin emas” filmi bo‘lib, bu aktyorga mo‘maygina daromad keltirgan.
4. Rayan Gosling, 43 million dollar
“Barbie” filmida “Ken” roli 43 yoshli aktyor Rayan Goslingga yana bir bor katta shuhrat keltirdi. Hatto, uning ushbu filmdagi ikkinchi darajali roli nufuzli “Oskar” mukofoti nominatsiyasi ro‘yxatidan joy oldi. Shuningdek, uning filmdagi “Men shunchaki Kenman” balladasi Spotify'da 100 million martadan ko‘proq tomosha qilingan.
5. Mett Deymon, 43 million dollar
Mett Deymon bosh rolni ijro etgan va rejissyor Ben Afflek tomonidan suratga olingan “Havo: Katta sakrash” filmi parchasining o‘zi Amazon'da qariyb 130 million AQSH dollariga sotilgan. Bundan tashqari, 53 yoshli aktyor "Oppenheimer" filmidagi ikkinchi darajali roli uchun 4 million dollar oldi. Ma’lumot uchun, bu aktyorning odatdagi maoshidan ancha kam.
6. Jennifer Eniston, 42 million dollar
Ma’lum bo‘lishicha, Eniston “AppleTV+” da “The morning Show” serialining har bir epizodi uchun, ham aktrisa, ham bosh prodyuser sifatida 2 million dollargacha maosh oladi.
7. Leonardo Di Kaprio, 41 million dollar
49 yoshli “Oskar” sovrindori daromad borasida yaxshi natijalarga erishib kelmoqda. 2023-yilda Martin Skorsezening epik filmidagi bosh roli unga katta daromad olib kelgan.
8. Jeyson Steytem, 41 million dollar
2023-yilda u uchta yirik katta byudjetli franchayzalarda – “G‘azablangan 10", “Mag 2: tubsizlik” va “Xarajatlar 4" filmlarida, shuningdek, Gay Ritchining “ G‘alaba san’ati” josuslik trillerida rol o‘ynadi va Jeyson o‘tgan yilda eng ko‘p daromad olgan aktyorlar ro‘yxatiga kiritildi.
9. Ben Afflek, 38 million dollar
51 yoshli aktyor Amazon Prime Video'da namoyish etilishidan oldin 90 million dollar yiqqan “Havo: Katta sakrash” filmida ham rejissyorlik qilgan, ham bosh rolni ijro etgan.
10. Denzel Vashington, 24 million dollar
“Buyuk Ekvalayzer” franshizasining uchinchi qismi 2023-yilda chiqdi va 190 million dollardan ortiq daromad keltirdi. Bundan tashqari, 69 yoshli ikki karra “Oskar” sovrindori so‘nggi 40 yildagi beqiyos ish tajribasi tufayli har yili yaxshigina daromad ham oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91301 | Инструменты