Huawei 2
Erdo‘g‘an: Netanyaxu mintaqani falokatga olib bormoqda

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning Livanga harbiy hujum uyushtirish rejalari butun mintaqada keng ko‘lamli falokat keltirib chiqarishi mumkin.Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Aftidan, Isroil G’azo sektorini vayron qilib, endi Livanni nishonga olmoqda. Netanyaxuning urushni butun mintaqaga yoyish rejalari katta falokatga olib keladi”, dedi Turkiya rahbari.

Davlat rahbari Islom olami va Yaqin Sharq davlatlari “bu qonli rejalarga” birinchi bo‘lib javob qaytarishi kerakligini ta’kidladi.

“Turkiya qardosh Livan xalqi va davlatini qo’llab-quvvatlaydi. “Men mintaqadagi boshqa mamlakatlarni Livan bilan birdamlikka chaqiraman”, dedi Turkiya rahbari.

Prezident G‘arb davlatlarining G‘azo sektoridagi jinoiy harakatlari fonida Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun keskin tanqid qildi.

“Biz G‘arb davlatlari Isroilga parda ortidan yordam berayotganini ko‘ryapmiz. Erdo'g'an, erkinlik, inson huquqlari va adolat haqida gapiradigan davlatlar Netanyaxudek ruhiy kasal odam tomonidan asirga olingani nihoyatda og'ir va nihoyatda afsusli”, - dedi Erdo'g'an. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63003 | Инструменты