Erdo‘g‘an to‘ntarish tahdidi tufayli favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an davlat to‘ntarishi xavfi haqida ma’lumot paydo bo‘lgach, xavfsizlik kuchlari rahbarlari bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Turkiya gazetasi xabar bermoqda.

Bungacha Anqara xavfsizlik boshqarmasidan bir qancha xodimlar ishdan bo‘shatildi. Ular “Ayxan Bora Kaplan” jinoiy tashkiloti bilan aloqadorlikda ayblangan. Raqamli materiallarni qo'lga kiritish uchun ishdan bo'shatilgan politsiya xodimlarining uylari tintuv qilindi.

Prezidentning ittifoqchisi, Millatchi Harakat partiyasi (MPR) raisi Devlet Bahcheli parlamentdagi fraksiya yig‘ilishida sodir bo‘lgan voqea Erdo‘g‘anni ag‘darishga qaratilgan fitnadan darak berishi mumkinligini aytdi. Shu munosabat bilan Bahcheli rasmiylarni faqat bir necha politsiyachini ishdan chetlashtirish bilan cheklanib qolmaslikka chaqirdi.

Turkiya nashri xabariga koʻra, Bahchelining bayonotlaridan soʻng Erdo'gʻan prezidentlik qarorgohida mamlakat Adliya vaziri Yilmaz Tund va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin bilan favqulodda tungi yigʻilish oʻtkazdi.

Ma'lumot o'rnida, 1-may kuni Istanbuldagi namoyishlar ortidan 40 ga yaqin odam hibsga olingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты