Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an eronlik hamkasbi Ibrohim Raisiy bilan telefon muzokara o‘tkazdi. Tomonlar G‘azo sektoridagi vaziyat va insonparvarlik yordamini muhokama qildi. Bu haqda Turkiya prezidenti devoniga tayanib, Anadolu agentligi xabar bermoqda.
“Erdo‘g‘an, Eron va Turkiya vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish va doimiy tinchlikka erishish uchun birdamlikda ishlashda davom etishini aytdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, davlat rahbarlari G‘azo sektoridagi falastinliklarga yordam yetkazish, harbiy harakatlarni butunlay to‘xtatishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida gaplashgan.
Eslatib o'tamiz, 28-oktyabr kuni Ibrohim RaisiyTehron Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasidagi urushga Eron aralashmasligini talab qilayotgan AQShning ogohlantirishlariga amal qilmasligini aytgan edi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, HAMAS budjetining 90 foizi Erondan keladi.
Aytib o'tish lozimki, 24-noyabrdan beri G‘azo sektorida to‘rt kunlik otashkesim amalda bo‘lib, Isroil va HAMAS falastinlik asirlar va garovga olinganlarni almashishmoqda. AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil tomonini harbiy harakatlarni to‘xtatish muddatini uzaytirishga ko‘ndirish rejasini ma’lum qildi. HAMAS jangarilari gumanitar sulhni uzaytirishga tayyor ekanliklarini aytdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60914 | Инструменты