Kelajakda jiddiy kurash kechadigan eng muhim strategik resurs — suv. Silvan irrigatsiya tunneli qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda qatnashgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shuni taʼkidladi.
Turkiya uzoq yillar nobarqarorlik va nizolardan aziyat chekdi va buyog‘iga mintaqada yangi inqirozlar paydo bo‘lishini istamaydi. Suriya shimoli va Iroqda o‘tkazilgan harbiy amaliyotlar bilan mamlakat terrorizmning boshini yanchishga yaqinlashdi. Endi yangi bosqich boshlanmoqda, dedi Erdo‘g‘on.
Biroq, uning taʼkidlashicha, kelajakda kurash neft uchun emas, balki XXI asrning eng qimmat resursi — suv uchun kechadi.
«Turkiya — suvga mo‘l mamlakat emas. Biz suv taqchilligi sharoitida yashayapmiz. Agar biron chora ko‘rmasak, yana-da jiddiy muammolarga yo‘liqamiz», — dedi Erdo‘g‘on.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты