Eron elchisi Rossiya bilan viza aloqalarini bekor qilishga tayyorligini maʼlum qildi

Eronning Moskvadagi elchisi Kazem Jaloliy mamlakat Rossiya bilan viza rejimini bekor qilishga tayyorligini.

Elchining ta'kidlashicha, Eron va Rossiya vizasiz guruhli turistik sayohatlar bo'yicha kelishuvni amalga oshirish "yo'lining eng boshida" turibdi. Shunga qaramay, Jaloliyning so'zlariga ko'ra, Eron rasmiylari allaqachon viza rejimini butunlay bekor qilish ustida ishlamoqda.

“Mamlakatlarimiz o'rtasida vizaning to'liq bekor qilinishiga kelsak, shuni taʼkidlamoqchimanki, Eron bu qadamga – davlatlarimiz fuqarolari bir-birlariga erkin sayohat qilishlari uchun vizani bekor qilishga to'liq tayyor. Tabiiyki, biz mutasaddilarimizdan tegishli qarorlarni kutamiz, shundan so'ng bu chora-tadbirlar ma’qullanib, amaliyotga tatbiq etiladi”, – dedi Eron elchisi.

U ruslar uchun qishda Fors ko’rfazining janubiy qirg'oqlari, janubiy orollar, shuningdek, Eronning markaziy qismidagi cho‘llarga kelish qiziqarli bo'lardi, deb hisoblaydi.

2021-yil 1-iyulda Rossiya va Eron o‘rtasida vizasiz guruhli turistik sayohatlar to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi. Kelishuvga ko‘ra, eronliklar va rossiyaliklar boshqa davlatga 50 kishigacha bo‘lgan turistik guruhda 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. 1-avgustdan boshlab mamlakatlar oʻrtasida vizasiz guruhli turistlar almashinuvi yoʻlga qoʻyildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты