Eron hukumati Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi nizolarni hal qilishda vositachi bo‘lishga tayyor. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, ramiy Tehron qo‘shnilari qiyin vaziyatga tushib qolganda, doim yordam berishga tayyor.
“Hindiston va Pokiston Eronning qardosh qo‘shnilari bo‘lib, ko‘p asrlik madaniy va sivilizatsion aloqalarga asoslangan munosabatlarga ega. Tehron ushbu qiyin vaqtda Islomobod va Nyu-Dehliga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishga tayyor”, deya yozadi Eron vaziri.
Eslatib o'tamiz, Kashmir mintaqasining Hindiston hududidagi Paxalgam shahri yaqinidagi so‘qmoq bo‘ylab harakatlanayotgan sayyohlarga terrorchilar hujum qilgan edi. Oqibatda 26 nafar hindistonlik va 1 nafar Nepal fuqarosi halok bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты