Sud, shuningdek, Isroilning o‘z fuqarolariga qarshi order berish bo‘yicha sud yurisdiksiyasiga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lgan dalillarini ham rad etgan. Isroil ham Falastindagi vaziyat bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha XJS yurisdiksiyasiga qarshi chiqdi.
Aksariyat isroillik siyosatchilar va turli siyosiy arboblar bu qarorni keskin qoraladi.
Isroil prezidenti Isaak Gersog XJKning order berish haqidagi qarorini “vijdonga to‘g‘ri kelmaydigan va hayratga soladigan” deb atadi.
“Bu qaror demokratiya va erkinlikdan ko‘ra terror va yovuzlik foydasiga tanlov bo‘lib, adliya tizimining o‘zini HAMASning insoniyatga qarshi jinoyatlari uchun qalqonga aylantirdi”, dedi u.
Netanyaxu idorasining maslahatchisi Dmitriy Gendelman XJSni Isroil pozitsiyasiga e’tibor bermaganlikda va Eron boshlagan mintaqadagi urushni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi.
“XJK antisemitizm ohanglari bilan to‘liq dezinformatsiya kampaniyasini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi, uning maqsadi Isroilni o‘z ittifoqchilaridan ajratib qo‘yish va mamlakatimizga qarshi terrorchilik hujumlariga ko‘maklashishdan iborat”, deydi Gendelman.