Inson to‘g‘ri ovqatlanishga o‘tganda, u tuzdan voz kechishi kerakmi yoki yo‘qmi, deb o‘ylaydi. Ushbu mavzu bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavjud, baʼzida ular bir-biriga zid xulosalarni ham keltiradi.
Nima uchun tuzni “oq o‘lim” deb atashadi? Ushbu ibora tuzning ortiqcha isteʼmoli bilan bog‘liq inson tanasiga salbiy taʼsirini o‘rganish natijasida paydo bo‘lgan.
Uning asosiy zararli taʼsirlari quyidagicha:
- organizmda suyuqlikni ushlab turish;
- semirish;
- gipertoniya xavfi ortishi;
- buyraklarga salbiy taʼsiri;
- kalsiyni yuvib yuborishi;
- oshqozon-ichak traktining yomonlashishi.
Ammo agar birdaniga va butunlay tuzdan voz kechilsa, qator noxush alomatlarga duch kelish mumkin:
- ishtaha bilan bog‘liq muammolar;
- ko‘ngil aynishi;
- bosh va mushaklardagi og‘riqlar;
- bosh aylanishi;
- qon bosimining pasayishi.
JSST maʼlumotlariga ko‘ra, kattalar isteʼmoli uchun optimal kunlik tuz miqdori 5 grammdan oshmasligi kerak. Bu taxminan bir choy qoshiqdan biroz kamroq. Ushbu meʼyor faqat gipertoniya, oshqozon-ichak yoki buyrak kasalliklari bo‘lmagan sog‘lom odamlarga mos keladi.
Albatta, inson kun bo‘yi qancha tuz isteʼmol qilganini kuzatib borishi juda qiyin. Shuning uchun asosan taʼm retseptorlariga tayanish, shuningdek, har bir mahsulotni isteʼmol qilishdan oldin uning tarkibiga eʼtibor qaratishga odatlanish kerak.
Endokrinologlar fikriga ko‘ra, sho‘r ovqatlarga bo‘lgan ishtiyoq ko‘pincha tanada magniy kamligidan dalolat beradi, bu 300 ga yaqin fermentlar ishida ishtirok etadigan, energiya ishlab chiqarish, asab impulslarini o‘tkazish va xotirjam hissiy fon uchun javob beradigan mineral hisoblanadi.
Tuz isteʼmolini kamaytirishning eng yaxshi usuli uni boshqa ziravorlar bilan almashtirishdir. Ovqatga xushbo‘y ziravorlar qo‘shish orqali taʼm hissingizni boyitish mumkin. Shunda inson asta-sekin bunga ko‘nikadi va sho‘r mahsulotlarni isteʼmol qilish istagidan xalos bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112613 | Инструменты